Toshkent shahrining sobiq hokimi Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

19:20 03 Oktyabr 2018 Siyosat
1470 0

2018 yilning 3 oktyabr kuni Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi. 2018 yilning aprel oyidan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Usmonov Rahmonbek Jahongirovich Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq soʻzi Online”ga Toshkent shahar hokimligidagi manba xabar berdi.

Maʼlumot uchun: Usmonov Rahmonbek Jahongirovich 1960 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1982 yil Toshkent avtomobil yoʻllari institutini tamomlagan. U 2001–2003-yillar — Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, 2003–2005-yillar — Yakkasaroy tumani hokimi, 2005–2011-yillar — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2011–2012 yil — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2012–2018-yillar — Toshkent shahar hokimi lavozimlarida ishlagan. 2018 yil aprel oyidan shu kunga qadar Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olish vaqtida qoʻlga tushgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?