Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlari hokimlari o‘z vazifasidan ozod etildi

17:40 07 Iyun 2018 Siyosat
1237 0

2018 yil 6 iyun kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi 11 tuman hokimining 10 nafarini o‘z lavozimidan ozod qilib, ularni tuman hokimi vazifasini bajaruvchi qilib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bu haqda gazeta.uz shahar hokimiyatidagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.

Ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizani faqat Shayxontohur tumani hokimi yozmagan. U 2017 yil dekabr oyida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kuni davlatimiz rahbari Toshkent shahri tumanlarida bo‘lib, joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, hududlarni rivojlantirish va obodonlashtirish ishlarida mavjud kamchiliklar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tgan edi.

Binobarin, kecha shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hokimliklar byurokratik idora emas, xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazadigan, aholi manfaati yo‘lida harakat qiladigan muassasa bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019