Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi

13:30 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
292 0

Toshkent shahrida 2020-2021-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ tomonidan suv oʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, shu munosabat bilan 15-sentyabr soat 09:00 dan 16-sentyabr soat 09:00 gacha Olmazor va Shayxontohur tumanidagi ayrim isteʼmolchilarga ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi.

Olmazor tumanidagi:

- “Universitet” mahallasi;

- “Mirzo Gʻolib” mahallasi.

Shayxontohur tumanidagi:

- “Oʻzbekiston” mahallasi.

Suv boʻlmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Maʼlumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054.

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?