Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

17:40 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
103 0

Bugun, 16-sentyabr kuni Yunusobod tumanining Amir Temur va Bogʻishamol koʻchalaridan oʻtgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelganligi sababli shu hududdagi turar joy binolari hamda ijtimoiy obyektlarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda issiqlik tarmogʻidagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan. Mazkur hududdagi taʼmirlash ishlari bir sutka ichida yakuniga yetkazilishi hamda issiq suv taʼminoti tiklanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?