Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi

17:46 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
133 0

Toshkent shahrida 2020-2021-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ tomonidan suv oʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, shu munosabat bilan 17-sentyabr soat 09.00 dan 18-sentyabr soat 13.00 gacha Olmazor tumanidagi ayrim isteʼmolchilarga ichimlik suvi taʼminoti toʻxtatiladi:

- OʻzMUda;

- TTAda;

- Shifokorlar shaharchasida;

- Olimpiya mavzesida;

- Xoʻjayev mavzesida;

- “Beshkoʻrgʻon” mahallasida;

- “Moykoʻrgʻon” mahallasida.

Suv boʻlmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?