Toshkent shahridagi tumanlardan birida hokim almashdi

16:52 16 Avgust 2018 Jamiyat
561 0

Shuhrat Sanjarovich Muhamedxanov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muhamedxanov bu lavozimga Bahodir G‘oyibnazarovning o‘rniga tayinlangan. Sobiq hokimning keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagan.

Yangi hokim bunga qadar u O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuhrat Muhamedxanov 1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 1980 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 2015 yilda “Toshyo‘lovchitransxizmat” unitar korxonasi direktori o‘rinbosari, 2016 yilda “Alliance Capital K/S” kompaniyasi doimiy muassasasi boshlig‘i, 2018 yilda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Muhamedxanov 2018 yil 15 avgustdan boshlab Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?