Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida yangi innovatsion kampus ochildi

20:53 21 Noyabr 2020 Jamiyat
200 0

Yangi binoda soʻnggi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan 9 ta auditoriya, 2 ta maʼruzalar zali, 4 ta kompyuter laboratoriyasi, yotoqxona, restoran-bar va oshxonani oʻz ichiga olgan mehmonxona laboratoriyasi mavjud.

Shuningdek, xalqaro standartlar asosida jihozlangan, kampus hududi boʻylab erkin internet tarmogʻi oʻrnatilgan ijtimoiy hudud va 200 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan 2 ta konferensiya zali foydalanishga topshirildi.

- Yangi kampus dunyoning eng nufuzli universitetlari standartlariga muvofiq jihozlangan xos betakror dizayn bilan ajralib turadi, - dedi universitet rektori Bahrom Mirqosimov. - Binoga kirish joyida talabalar, professor-oʻqituvchilarning shaxsini aniqlash texnologiyasi (Face ID) oʻrnatildi, bu esa xavfsizlik va qulaylik darajasini oshiradi.

2020-yilda universitet fakultetlari qayta tashkil etildi va quyidagi yoʻnalishlarda maktablar tashkil etildi: Biznes va iqtisodiyot maktabi (School of Business and Economics), huquqshunoslik, texnologiya va taʼlim maktabi (School of Law, Technology and Education) va oliy maktab (Graduate school).

Maʼlumot uchun, joriy yildan universitetda xalqaro miqyosda tan olinadigan PhD va DSc doktorantura dasturlarini joriy etildi va ushbu yoʻnalishda ilk qabul boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?