Toshkent shahridagi Badiiy gimnastika sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonada sharoit qanday?

11:11 04 Avgust 2020 Jamiyat
416 0

Ichki ishlar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Badiiy gimnastika sport majmuasida tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxona faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, vaqtinchalik shifoxona faoliyatini tashkil etishda jami 533 nafar tibbiyot xodimining ishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul qilindi. Ularning:

— 176 nafari turli yoʻnalishdagi shifokorlar;

— 148 nafari tibbiy hamshiralar;

— 209 nafari kichik tibbiy xodimlardir.

Ayni vaqtda jamlangan kadrlar zaxirasi xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha 97 foizni tashkil qiladi.

Ishga qabul qilingan tibbiyot xodimlar sport majmuasining maʼmuriy binosida va Toshkent davlat texnika universitetining yotoqxonasiga joylashtirildi.

Tibbiyot xodimlarini davolash muassasasidan yotoq joylarigacha olib borish va olib kelish uchun avtobuslar harakati, Toshkent shahar IIBB YPX avtoekipajlari tomonidan kuzatuv ostida amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot xodimlari zaxirasini yaratish maqsadida “Call-center” orqali murojaat qilganlarni qabul qilish davom ettirilmoqda. Davolash muassasasiga bemorlar keltirilgandan soʻng tibbiyot xodimlarini tanlab olish IIV Tibbiyot boshqarmasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston gimnastika olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar maktabida 750 nafar bemorni qabul qilishga moʻljallangan yotoq oʻrinlari oʻrnatilishi taʼminlandi va barcha bemorlar uchun 375 ta yotoqjoyga tashvish tugmasi va panellar oʻrnatildi

Binoni uzluksiz elektr taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida

Davolash profilaktika xizmati tomonida jami 965 dona tibbiy uskunalar, portativ rentgen uskunasi puls oksimetr, kislorodni namlovchi qurilmalar, oksigenerator, EKG uskunasi, deskamera, dezinfeksiyalovchi purkagich, IVL apparatlari va boshqa tibbiy jihozlar olib kelindi.

Ayni vaqtda tibbiyot uskunalari bilan taʼminlash 98 foizni tashkil etmoqda.

Dori-darmon bilan taʼminlash ishlari ham 100 foiz bajarildi.

IIVning vaqtinchalik shifoxonasi faoliyatini boshlashga va bemorlarni qabul qilishga tayyor.

Davolash binosiga videokonferensaloqa tizimi hamda vaqtinchalik shifoxona binosiga 12 dona videokamera va qoʻriqlov obyekti atrofiga 
10 dona videokuzatuv moslamasini oʻrnatish ishlari yakunlandi.

Videokonferensaloqa tizimini orqali onlayn tarzida konsultatsiyalar berish imkoniyati paydo boʻldi. Shuningdek, bemorlar uchun ishchi guruh xonasidagi monitorga ulangan tashvish videomurojaat moslamalari oʻrnatildi.

Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi shakllantirilib, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik R.A.Xatamov boshchiligidagi shtab tashkil etildi va xizmat olib borish uchun shart-sharoitlar yaratildi.

Tez fursatda Bemorlarni davolash uchun 20 dona portativ glyukometr apparati, 45 dona kordiomonitor qurilmasi olib kelinadi. Bunday murakkab vaziyatda xar birimiz oʻz imkoniyatimiz darajasida kasallik tarqalishiga qarshi kurashishimiz darkor. Ichki ishlar vazirligi koʻngilli shifokorlar tashrifini kutmoqda. Maqsad esa bitta xalqimizni koʻrinmas dushmandan himoya qilish, farzandlarimiz va yoshlarimiz kelajagini, salomatligini asrab qolishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?