Toshkent shahridagi 3 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritiladi

10:01 04 Oktyabr 2020 Jamiyat
254 0

Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida Fargʻona yoʻli va Jarqoʻrgʻon koʻchalari chorrahasi avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun vaqtinchalik yopilganligi sababli, 2020-yil 3-oktyabrdan boshlab Jarqoʻrgʻon koʻchasi orqali harakatlanuvchi 15, 26, 106-sonli avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik quyidagicha oʻzgartirishlar kiritildi:

— 15-sonli avtobus yoʻnalishining Qoʻyliq bozoridan Doʻstlik metrosi tomon harakati Fargʻona yoʻli koʻchasidan Pochta bekati, Uysozlar, Uysozlar 2-tor (“1-avtobus saroyi” bekati), Izzat, Jarqoʻrgʻon koʻchalari, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Izzat koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda, Doʻstlik metrosidan Qoʻyliq bozori tomon harakati Izzat koʻchasidan Jarqoʻrgʻon koʻchasi, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Izzat, Uysozlar 2-tor (“1-avtobus saroyi” bekati), Uysozlar, Pochta bekati, Fargʻona yoʻli koʻchasi, Fargʻona yoʻli-Yangi Qoʻyliq koʻchalari chorrahasi, Fargʻona yoʻli koʻchasi orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartirildi; 

— 26-sonli avtobus yoʻnalishining Yangiobod mavzesidan Oloy bozori tomon harakati Izzat koʻchasidan Jarqoʻrgʻon koʻchasi, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Asalobod, M.Ashrafiy koʻchalari, koʻprik osti yoʻli, «Fargʻona (Risovыy) bozori» bekati, A.Fitrat koʻchasi orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda, Oloy bozoridan Yangiobod mavzesi tomon harakati A.Fitrat koʻchasi, «Fargʻona (Risovыy) bozori» bekati, koʻprik osti yoʻli, M.Ashrafiy, Asalobod, Jarqoʻrgʻon koʻchalari, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Izzat koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartirildi; 

— 106-sonli avtobus yoʻnalishining Xoʻja mahallasidan Janubiy vokzal tomon harakati Izzat koʻchasidan Jarqoʻrgʻon koʻchasi, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Asalobod, M.Ashrafiy koʻchalari, koʻprik osti yoʻli, «Fargʻona (Risovыy) bozori» bekati, A.Fitrat koʻchasi orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda, Janubiy vokzaldan Xoʻja mahallasi tomon harakati A.Fitrat koʻchasi, «Fargʻona (Risovыy) bozori» bekati, koʻprik osti yoʻli, M.Ashrafiy, Asalobod, Jarqoʻrgʻon koʻchalari, Jarqoʻrgʻon koʻchasidagi “Oq daryo koʻchasi” bekati, Jarqoʻrgʻon, Izzat koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartirildi. 

Yoʻnalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik oʻzgartirishlar natijasida, yoʻnalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi mumkin.

Koʻcha-yoʻl tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga koʻra, yuqorida keltirilgan yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?