Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi

10:29 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
320 0

Illyustrativ foto

“Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Mazkur investitsiya loyihasi “Imperial Jewelry Inc” (AQSH) tomonidan uch yillik davrda kiritiladigan 20 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish muddati yakunigacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 tonnagacha yetkaziladi hamda 100 tadan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha “Oʻzbekzargarsanoat” quyidagi masalalar boʻyicha takliflarni Hukumatga kiritadi:

ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarish;

zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;

zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?