Toshkent shahrida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi

13:01 12 Noyabr 2020 Hujjatlar
357 0

Prezident qarori (PQ-4888-son, 11.11.2020-y.) bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki maʼlumot talab qilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020-yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?