Toshkent shahrida yana bir yangi oilaviy mehmon uyi ochildi

15:06 26 Iyun 2020 Welcome to uzbekistan
162 0

Yaqinda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida navbatdagi shinam oilaviy mehmon uyi ochidi. Tumanning 1-Katta Mirobod tor koʻchasi, 5-7-uyda joylashgan mazkur xizmat koʻrsatish binosi “HOTEL AKSARAY” OK tomonidan tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy anʼanalarimiz va uslubimizni oʻzida uygʻunlashtiruvchi ushbu oilaviy mehmon uyi 5 xonadan tashkil topgan boʻlib, 10 kishiga moʻljallangan. Shu munosabat bilan, bugun oilaviy mehmon uyi egasiga Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan koʻchirma taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?