Toshkent shahrida qalbaki dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:27 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
124 0

Toshkent shahrida qalbaki 400 AQSH dollarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.G. chet el valyutasining qalbaki ekanligini oldindan bila turib, oʻtkazish maqsadini koʻzlab, fuqaro M.ga qalbaki 400 AQSH dollarini 2,5 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?