Toshkent shahrida “Mercedes-Benz GLS300” va “BMW X5” avtomobillariga qasddan oʻt qoʻyilgani aniqlandi

20:55 09 Mart 2020 Jamiyat
758 0

Toshkent shahar IIBB internet tarmogʻida tarqagan ikkita yonayotgan avtomobillar aks etgan videoyozuv va suratlar haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 8-mart kuni taxminan soat 05.30 da Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli “Mercedes-Benz GLS300” (davlat raqami 01 Y 549 HB) va “BMW X5” (davlat raqami 01 F 701 XA) avtomobillariga qasddan oʻt qoʻyilgani aniqlandi. Zarar miqdori taxminan 225 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, hodisa tafsilotlari oʻrganilib, oʻt qoʻygan kishining shaxsini aniqlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda, jabrlanuvchi va guvohlar soʻroq qilinmoqdalar.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi “v” bandiga (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 
“Eslatib oʻtamiz, bu kabi holatlarda qonunchilik tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish koʻrinishidagi jazolar belgilanishi koʻzda tutilgan” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?