Toshkent shahrida kumushdan yasalgan buyumlar ishlab chiqariladi

21:57 27 Avgust 2019 Jamiyat
88 0

Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida kumushdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Lex.uz xabar berdi.

Qarorda:

- “Souvenir” MCHJga uch yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, binolar va inshootlarni kapital taʼmirlash, kamida 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltiriladigan kamida 1,0 mln AQSH dollari miqdorida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar olishi sharti bilan binolar va inshootlar “nol” qiymatida berilishi;

- Investor oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarganidan keyin unga binolar va inshootlarga mulk huquqi belgilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorga asosan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi zimmasiga sohaga oid vazifalar yuklatildi.

Hujjatning rasmiy toʻliq matni bilan soat 21-00 dan keyin tanishish mumkin


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?