Toshkent shahrida “Kinomahalla” tashkil etiladi

12:30 26 Iyul 2018 Jamiyat
172 0
Illyustrativ foto

Davlatimiz rahbarining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “Uchta shahar” (“Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar”, “Kinoshahar” ), “101” va “Qahramonlar” kinofilmlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Hujjat asosida Toshkent shahrida “Kinomahalla” ham paydo bo‘ladi. U yerda 2021 yilga qadar 238 ta maxsus bino(taunxaus) bunyod etiladi.

Taunxaus – Yevropa shaharlari va shahar tashqarisidagi hududlarda keng tarqalgan o‘rta zichlikda qurilgan kam qavatli turar joy yoki ijtimoiy bino bo‘lib, bir nechta xonalardan tashkil topadi. Odatda taunxausning har bir kvartirasida ko‘chaga alohida chiqish joyi, ba’zan garaji va ixcham bog‘chasi yoki gulzori bo‘ladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?