Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi

19:14 14 Fevral 2019 Jamiyat
1541 0

Illyustrativ foto

Xalq orasida “Vuzgorodok” deya singishib ketgan maskan poytaxtning moʻjazgina joyini egallagan boʻlsa-da, uning dovrugʻi va oʻchmas xotiralari mamlakatning har bir burchagiga yetib borgan, desak, adashmaymiz. Zotan, bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan aksariyat ziyolilarning taqdiri, katta hayotdagi dastlabki qadamlari, yorqin onlari aynan shu yer bilan bogʻliq.

XX asrda bunyod etilgan mazkur shaharcha yillar oʻtishi bilan abgor ahvolga kelib qolganini koʻpchilik yaxshi eslaydi. Bu yerdagi infratuzilma, talabalarning yashash sharoiti va madaniy-ijtimoiy muhit talabga mutlaqo javob bermay qoʻygandi.

Faqatgina 2003 yilda Shavkat Mirziyoyev hukumat tepasiga kelgach, barcha jabha qatori taʼlim sohasiga boʻlgan qarashlar ham oʻzgardi. Xususan, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2005 yil “Yoshlik” talabalar shaharchasiga borib, u yerdagi ahvol bilan tanishadi. Mavjud vaziyatni koʻrib, zarur choralar belgilaydi. Biroq shaharchada amalga oshirilgan ishlar xamirdan qil sugʻurgandek oson kechmagan edi...

Bu haqda 2005 — 2011 yillarda Toshkent shahri hokimi lavozimida ishlagan Abduqahhor Toʻxtayev shunday deydi:

“Oʻsha paytlari, yaʼni 2005 yilda men Toshkent shahar hokimi edim. Shavkat Miromonovich meni chaqirib, “Yoshlik” talabalar shaharchasiga borishimizni aytdilar. Birgalikda bordik. Talabalar turarjoylarini, umuman, butun shaharchani aylanib, holatni oʻrgandik”.

“Talabalar turarjoylarining aksariyati yashash sharoiti yoʻqligi uchun yopib qoʻyilgandi. Shu bois OʻzMU talabalar turarjoylarini taʼmirlash, hech boʻlmaganda, uch yulduzli mehmonxonalar darajasiga yetkazish vazifasi qoʻyildi”.

“Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur yumushlarning barchasi vazirlik va idoralar bilan birgalikda, hashar yoʻli bilan amalga oshirildi. Chunki oʻsha paytlarda buning uchun byudjetdan mablagʻ olishning imkoni yoʻq edi...”

Mazkur qiziqarli materialning toʻliq matni bilan “Xalq soʻzi” gazetasining navbatdagi sonlaridan birida va tez fursatlarda saytimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?