Toshkent shahri va viloyatida koronavirusdan 2567 bemor sogʻaydi

21:41 24 Iyun 2020 Hujjatlar
142 0

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Tuzalganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, ularning eng yoshi ulugʻi 59 yoshda, eng kichigi esa 20 yoshda.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 2567 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 4685 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?