Toshkent shahar IIBB xodimlari yosh onaga chaqaloq qizi bilan uyga qaytishida yordam berishdi

16:16 28 Aprel 2020 Jamiyat
309 0

“Issiq tarmoq” telefonlariga qoʻngʻiroq qilish koʻplab toshkentliklar va poytaxt mehmonlari uchun karantin sharoitida yordam umid qilish mumkin boʻlgan yagona yoʻldir. Poytaxt IIBB xodimlari buni yaxshi tushunishadi va zarurat tugʻilganda fuqarolarga yordamga shoshadilar.

24-aprel kuni Shayxontohur tumanida yashovchi Ilvira Rifatovnaning xursandchilikdan boshi koʻkka yetdi: uning qizi farzandlik boʻldi. Ammo qizini qanday qilib tugʻruqxonadan olib ketishni bilmas edilar: transport yoʻq, tugʻruqxona Mirobod tumanida joylashgan, yosh oila esa Mirzo-Ulugʻbek tumanida yashaydi. Masofa uzoq. Shundan soʻng Ilvira Rifatovna Toshkent shahar IIBBga yordam soʻrab murojaat qildi.

Bugun poytaxt IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi yosh ota-onalarga yordam berishdi. Yosh ona va uning chaqalogʻi Karolina turpolitsiya xodimlari yordami bilan uylariga yetib olishdi.

Toshkent shahar IIBB Galyamovlar oilasini yangi farzand bilan tabriklaydi va ularga sogʻliq, baxt va osoyishtalik tilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?