Toshkent shahar hokimligida “Bugun bunyodkorlik - ertaga tarix” mavzuida matbuot anjumani boshlandi

19:26 16 Fevral 2019 Jamiyat
179 0

Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad bugun shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik yumushlari haqida xalqimizga toʻlaroq maʼlumot berish, ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida chop etilayotgan turli maqolalar hamda maʼlumotlarning haqiqatga nechogʻli mos kelishini oʻrganishdan iborat ekani aytib oʻtildi.

Tadbirda Toshkent shahrining 2018 yilda yalpi hududiy mahsuloti hajmi 53 trillion soʻmlik boʻlgani, joriy yilda esa xususiy biznesni yanada rivojlantirish orqali mazkur koʻrsatkich 62 trillion soʻmlikka yetkazilishi koʻzda tutilayotgani maʼlum qilindi. Xususan, shu orqali oʻtgan yili 89 mingta ish oʻrni tashkil etilgan boʻlsa, bu yil 110 mingta ish oʻrni yaratilishi moʻljallanmoqda.

Matbuot anjumani davom etyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?