Toshkent shahar hokimligi Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar boʻyicha bildirilayotgan eʼtirozlarga munosabat bildirdi

18:14 10 Aprel 2019 Jamiyat
325 0

Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar boʻyicha bildirilayotgan eʼtirozlar yuzasidan Toshkent shahar hokimiyati maʼlum qiladi:

“Ushbu eʼtirozlarning asosiy qismi uy-joylarning narxi oshgani bilan bogʻliq. Toshkent shahar hokimiyati vaziyatni oʻz nazoratiga olgan. Aholi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun doirasida ushbu holatni ijobiy hal etish maqsadida tezkor ishchi guruh tuzilib, masala chuqur oʻrganilmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Toshkent shahar hokimiyati, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsmen), Qurilish vazirligi, banklar hamda “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlardan mansabdor shaxslar kiritilgan. Aholi vakillari bilan uchrashib, eʼtirozlarini oʻrganish, fuqarolar huquqlarini taʼminlagan holda vaziyatni ijobiy hal etish ishchi guruhning asosiy vazifasi etib belgilangan”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?