Toshkent shahar hokimligi: Kun.uz muxbiri bilan Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari o‘rtasidagi nizo o‘rganilmoqda

18:48 15 Avgust 2019 Jamiyat
163 0

Kun.uz muxbiri bilan Olmazor tumani hokimining o‘rinbosari oʼrtasidagi nizo haqida Toshkent shahar hokimligiga xabar berildi. Bu haqda poytaxt maʼmuriyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Аyni paytda ushbu ishga aloqador barcha holatlarni aniqlashtirish uchun vaziyat o‘rganilmoqda. Yaqin kunlarda bu holat yuzasidan aniq maʼlumotlar beramiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Kun.uz xodimlari «Xiva stroy» MChJ rahbarining tahririyatga yo‘llagan murojaati yuzasidan izoh olish maqsadida Olmazor tuman hokimligida bo‘lganida tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Аbdurasul Vahabov dastlab tadbirkorlarga, so‘ng Kun.uz xodimlariga davlat organi xodimiga xos bo‘lmagan tarzda muomala qilgani haqida xabar berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?