Toshkent shahar hokimligi: Elektr stansiyasidagi yongʻin sabab poytaxt tumanlarida suv uzilishi kuzatiladi

17:40 22 Fevral 2019 Jamiyat
311 0

Joriy yilning 22 fevral sanasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yongʻin sodir boʻlganligi sababli suv uzatish qurilmalari (nasos) ishi toʻxtagan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, shu bois, Toshkent shahrining tumanlarida suv bosimining pasayishi va ayrim tumanlarda uzilishlar sodir boʻlishi mumkin.

Hozirda yongʻin bartaraf etilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?