Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

10:09 10 Avgust 2018 Jamiyat
601 0
Foto: Facebook / Shukurov Elbek

Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2013-2015 yillarda - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi

2017 yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. 2017 yili “Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?