Toshkent shahar hokimi Germaniyaga joʻnab ketdi

13:39 11 Sentyabr 2018 Siyosat
646 0
Foto: Sputnik

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga joʻnab ketdi.

Ushbu tashrif Toshkent va Berlin oʻrtasida doʻstona aloqalar oʻrnatilganiga 25 yil toʻlishi munosabati bilan amalga oshirilyapti.

Germaniyadagi uchrashuvlar davomida biznes va doʻstona munosabatlarni rivojlantirish borasida muzokaralar oʻtkazilishi, xususan, “Daimler-Benz” korxonasi, “Haerf Recycling Center” maishiy chiqindilarni qayta ishlash kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar uyushtirish koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?