Toshkent qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogiga mezbonlik qiladi

16:25 31 Oktyabr 2018 Sport
201 0

Poytaxtimizda joriy yiling noyabr oyida qilichbozlik boʻyicha bir yoʻla ikkita nufuzli musobaqa oʻtkaziladi.

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi qaroriga muvofiq, Toshkentda 11 noyabr kuni erkaklar oʻrtasida qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha “Satellit“ xalqaro turniri oʻtkazilsa, 17-18 noyabr kunlari oʻsmir-qizlar oʻrtasida qilichbozlikning sablya turi boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Bellashuvlar Respublika badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida tashkil etiladi.

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi barcha qilichbozlik sporti ixlosmandlarini musobaqalarni kuzatib borishga taklif etmoqda.

Sport majmuasi manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Korxojiota koʻchasi, 2A-uy.

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?