Toshkent propiskasi uchun hujjatlarni qalbakilashtirish holati aniqlandi

16:57 24 Avgust 2018 Jamiyat
371 0

Olmazor tumanida hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyati boʻyicha tergov olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

22 avgust kuni 28 yoshli A.Olimjon Toshkent shahriga doimiy roʻyxatga oʻtish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Keyinchalik aniqlik kiritilishicha, u buning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan iltimosnoma, 1-sonli Internat uyi nomidan maʻlumotnoma va buyruqlarga imzo hamda muhrlarni qalbakilashtirib, taqdim qilgan ekan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228 moddasi (“Hujjatlar, muhrlarni qalbakilashtirish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?