Toshkent — Nurota yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

16:48 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
670 0

Navoiy viloyati Nurota tumani aholisi va tumanda joylashgan “Chashma” ziyoratgohiga tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Transport vazirligi qoshidagi “Uzautotrans service” MCHJ tomonidan Toshkent — Nurota yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda.

"Mazkur yoʻnalishda qatnovlar joriy yilning 15-sentyabr kunidan boshlanadi. Toshkent – Nurota yoʻnalishidagi avtobus soat 11:00 da “Toshkent” avtovokzalidan harakatlanishni boshlaydi. Nurota avtovokzalidan esa avtobus soat 6:30 da Toshkent shahri tomon yoʻlga chiqadi.

Ushbu yoʻnalish chipta narxi 60 000 soʻm etib belgilangan.

Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalaridan, shuningdek, Uztrans.uz yagona interaktiv axborot portali va avtoticket.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: (71) 207-87-00" deyiladi Transport vazirligi axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?