“Toshkent - Nijniy Novgorod” yoʻnalishida ilk xalqaro avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

11:59 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
1492 0

Bugun, 14 sentyabrdan boshlab “Toshkent - Nijniy Novgorod - Toshkent” avtobus yoʻnalishida ilk avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ga Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston tomondan tashuvchi “UZKAZ AVTO TRANS” MCHJ shaklidagi QKga qarashli “VANHOLL” rusumli avtobuslari xizmat koʻrsatadi. Rossiya tomonidan esa tashuvchi “Panyushkin S.Yu.” YATTga qarashli “VANHOLL” rusumli avtobuslari xizmat koʻrsatadi.

Yoʻnalishning masofasi 3000 km, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soat, yoʻlkira haqi tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha - 500 ming soʻm. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa – 6 ming rubl qilib belgilandi.

Yoʻnalish “Gʻisht koʻprik” (Oʻzbekiston), “Jibek Joli”, “Jaysan” (Kozogʻiston), “Sagarchin” (Rossiya) nazorat oʻtkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?