Toshkent-Minsk avtopoygasi start oldi

17:43 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
80 0

Bugun UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonidan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida yirik Toshkent-Minsk yirik avtopoygasi start oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Poyganing 4 000 km.lik yoʻnalishi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Belarus hududidan oʻtadi. Avtopoygadan koʻzlangan maqsad –Belarus isteʼmolchilar bilan doʻstona aloqalarni oʻrnatish va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini koʻrsatishdir.

Belaruslik OAV vakillari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Asaka avtomobil zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ularning ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida zavod rahbariyati Oʻzbekistondagi avtomobilsozlik sohasining muhim jihatlari haqida soʻzlab berdi.

Avtopoygada beloruslik jurnalistlar va ularning suratga olish guruhi qatnashadi, ular mazkur poygalardan reportajlar tayyorlab boradi. Avtopoyga vaqtida tayyorlangan materiallar Belorus Respublikasining asosiy internet-portali – Tut.by, Onliner.by, Av.by, Abw.by da chop etiladi.

Avtopoyga tashkilotchisi UzAuto Motors kompaniyasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?