Toshkent markazida qulab tushgan daraxt bir necha avtomobillarga jiddiy zarar yetkazdi (video)

14:49 24 Aprel 2019 Jamiyat
2196 0

Toshkent shahrining markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tutash Istiqbol koʻchasida, yoʻl chetidagi daraxtlardan biri qulab tushgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video xabarlarda maʼlum qilinmoqda.

Tasvirlarda Westminster xalqaro universiteti yaqinidagi daraxtlardan biri qulab tushgani va u bir necha avtomobillarga zarar keltirganini koʻrish mumkin. Voqea guvohlarining aytishicha, mashina toʻxtab turish joyida boʻlgan va hech kim mazkur hodisa natijasida jarohat olmagan, yoki jabrlanmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?