Toshkent koʻchalaridan singan daraxt va shoxlarni yigʻib olishga qancha vaqt kerakligi aytildi

12:06 12 Aprel 2020 Jamiyat
261 0

Toshkent shahri hududida joriy yilning 8-aprelidan 9-aprelga oʻtar kechasi kuchli qor yogʻishi koʻplab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab boʻlgan edi.

11-aprel kuni ham taʼmirlash ishlari davom ettirilib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

— 6 ta hududdagi gaz tarmoqlari joriy taʼmirlandi;

— 26 ta gaz taqsimlash punktlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi;

— 251 ta manzillardagi koʻcha chiroqlari uzilgan simlari tiklandi;

— 95 ta manzillardagi koʻcha chiroqlari simlaridagi qisqa tutashuvlar bartaraf qilindi;

—15 ta koʻcha yoritish ustunlari almashtirildi;

— 42 ta transformator punktlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi;

— 1,4 km havo elektr tarmoqlari taʼmirlandi;

— 8 ta elektr kabel tarmoqlaridagi qisqa tutashuvlar bartaraf etildi;

— 50 km issiqlik tarmoqlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi;

— 400 dan ortiq mashina va tirkamalarda shox-shabbalar olib chiqib ketildi.

Bugun Uchtepa tumanining 30, 31-mavzelarida va Chilonzor tumanining Guliston mavzesida elektr tarmogʻi kabellarida avariya holati yuzaga kelishi natijasida 35 ta koʻp qavatli uylarda kuzatilgan vaqtincha elektr taʼminotidagi uzilishlar tez fursatlarda bartaraf etildi.

Hozirda Toshkent shahrida elektr, gaz, issiqlik va toza ichimlik taʼminotlarida uzilishlar yoʻq.

Shuningdek, joriy yilning 12-14-aprel kunlari kuchli yogʻingarchilik natijasida sodir boʻladigan koʻngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida, 22 631 p.m. irrigatsiya tarmoqlari va 52 km yopiq kollektorlar tozalandi hamda 141 ta suv tortish nasoslari toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

“Kommunal xizmatlarning ogʻir sharoit yuzaga kelishiga shay turilishiga hamda puxta koʻrilgan tayyorgarlik ishlariga qaramay hozirgi kunga kelib, shoh koʻchalar, koʻchalar va mavzelar ichidagi singan daraxtlar va shoxlarning olib chiqib ketilishiga yana kamida ikki kun lozim ekanligi tasdigʻini topmoqda.

12-13-aprel kunlari ham ishchi xizmatchilar tomonidan markaziy va shoh koʻchalarni, ichki yoʻllarni tartibga keltirish, kuzatilgan talofat oqibatlarini bartaraf etish hamda joriy yilning 12-14-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yogʻingarchilikka tayyorgarlik koʻrish ishlari davom ettiriladi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilgan axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?