Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi ko‘prik yo‘li qisman yopiladi

15:21 15 Avgust 2018 Jamiyat
349 0
Foto:  IIBB axborot xizmati

Bugun, 15 avgust kuni rejadagi ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Bobur ko‘chasining Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi ko‘prigida transportlar harakati qisman cheklandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari yo‘lning har ikki tomonida navbatma-navbat olib boriladi va transportlar harakati uchun bitta bo‘lak ochiq qoldiriladi.

“Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!” - deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?