Toshkent xalqaro aeroporti shahar tashqarisiga koʻchiriladi

15:09 12 Fevral 2020 Iqtisodiyot
373 0

Arxiv surat

Toshkent xalqaro aeroportini shahar tashqarisidan 30-35 kilometr masofaga koʻchirish rejalashtirilmoqda.

“Kelgusida koʻchirishni amalga oshirish rejalari bor. Hozirda Toshkent xalqaro aeroporti deyarli shaharning markazida joylashgan. Kelajakda yo Angren yoki Chinozga, shahardan 30-35 kilometr nariga koʻchirilishi mumkin“, — deya maʼlum qilgan “Uzbekistan Airport ” rahbari Ravshan Ismoilov.

Uning soʻzlariga koʻra, yaqin bir yarim-ikki yil ichida poytaxt aeroportining ishlash darajasi yiliga 4,5 million yoʻlovchidan 7 million yoʻlovchiga oshiriladi.

“Toshkent Sharq“ yangi aeroporti ulangandan soʻng esa bu raqam 10 milliondan ortib ketadi. Shu bois kelajakda yiliga 50 million yoʻlovchiga moʻljallangan yangi zamonaviy aeroport barpo etish haqida oʻylayapmiz. “Bunday aeroport Toshkentdan tashqarida, rejalarimizga koʻra, 10 yil ichida boʻladi“, dedi u.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?