Toshkent yo‘llarida “Diqqat, radar!” belgilari o‘rnatilmoqda

09:31 08 Avgust 2018 Jamiyat
483 0
Foto: iibb.uz

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida “Diqqat, radar!” belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilgan.

Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini “O‘zbekiston pochtasi” Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.

Bu qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?