Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 14,2 mlrd soʻmga Xorazm shakar zavodining 99,4 foiz aksiyalarini sotib oldi

10:12 14 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
1227 0
Xorazm shakar zavodi / Arxiv foto

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro A.R.Toshev Xorazm shakar zavodining 99,4 foiz aksiyalari egasiga aylandi. Bu haqda Respublika fond birjasi maʼlumotlari maʼlum qilingan.

Toshev avgust oyi soʻngida birjaga joylashtirilgan 2,84 million dona aksiyalarni sotib olgan.

Oxirgi bitim paytida aksiyalarning kotiroval va nominal narxi bir dona uchun 5000 soʻmni tashkil etdi, bozordagi kapitalizatsiya 14,2 mlrd soʻmga baholandi.

Ushbu bitim natijasida Toshev 2,83 mln dona aksiyaning egasi yoki kompaniyaning ustav kapitalining 99,4% egasiga aylandi.

Korporativ axborotlar yagona portali maʼlumotlariga koʻra, “Xorazm shakar” AJ 2017 yil yakunlariga koʻra, 56,5 milliard soʻmdan ortiq sof daromad olgan, tushumi 817,9 milliard soʻm, kapitali esa 55,6 milliard soʻmni tashkil qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?