Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi prorektor tayinlandi. U 1985-yilda tugʻilgan.

10:15 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
79 0

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Rustambekov Islambek Rustambekovich Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

I. Rustambekov 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura yoʻnalishini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, yuridik fanlari doktori.

U mehnat faoliyatini 2010-yilda Toshkent davlat yuridik instituti aspiranti lavozimidan boshlab, 2010-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, 2013-2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro tijorat huquqi” kafedrasi mudiri, 2017-2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri, 2018-yil (aprel-iyun)da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

I.Rustambekov shu kunga qadar vazirlikning Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Islambek Rustambekovichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?