Toshkent davlat yuridik universitetiga masofadan turib hujjat topshirish imkoniyati yaratildi

11:08 24 May 2018 Jamiyat
2133 0

Endilikda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, hozircha bu tizim tajriba tariqasida joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekistonning 14 ta – Toshkent shahrining Yunusobod tumani, shuningdek, Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Do‘stlik, Pastdarg‘om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?