Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan ozod qilindi

17:22 23 Avgust 2019 Jamiyat
472 0

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Xabaringiz bor, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu yigʻilishda Oliy taʼlim vazirligi va uning tizimidagi oliy oʻquv yurtlari faoliyati borasida ham soʻz borgan.

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtayotgan videoselektorda rektor Yesemurat Kanyazov ishdan olingan. Bu haqda bir-biridan xolis ikki manba “7news.uz”ga maʼlum qilgan.

Prezident tomonidan Toshkentdagi Iqtisodiyot, Moliya va Yuridik universitetidagi holatlar, taʼlim tizimi va sifati ham tanqid qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?