Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali tashkil etildi

12:32 25 Sentyabr 2018 Jamiyat
692 0

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoʻqon shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali tashkil etildi.

Shuningdek qaror bilan 2018–2019 oʻquv yilida Filialda bakalavr tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Filialga joriy oʻquv yili uchun talabalar kontingenti Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida doimiy propiska qilingan, respublika oliy taʼlim muassasalariga qarorda belgilangan taʼlim yoʻnalishlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va test sinovlari natijalariga koʻra oʻqishga kira olmagan, biroq toʻplagan ballari eng yuqori ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam boʻlmagan abituriyentlar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga yetkazib beradi.

Filial Qoʻqon qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida oʻz faoliyatini boshlaydi. Kollej oʻquvchilari esa oʻqishni bitirgunlariga qadar oʻquv jarayonini Filial binolarida davom ettiradi.

2018-2019 oʻquv yili uchun Filialda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari quyida keltirilgan:

Izoh. *2018/2019 oʻquv yilida Filialga talabalar toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?