Toshkent davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar qanda oʻtmoqda?

16:12 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
696 0

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga 2020/2021 oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Ushbu jarayon abituriyentlar uchun ham sinov, ham hayajonli damlardir. Universitetda joriy yilning 14 syentyabrigacha “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga Mudofaa vazirligining sport majmuasida, “Musiqa taʼlimi”, “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi”, “Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti”, “Boshlangʻich taʼlim” (qozoq) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga TDPUning asosiy oʻquv ijodiy imtihonlar oʻtkazilmoqda.

Universitet qabul komissiyasida maʼlum qilishicha, abituriyentlar uchun qator qulayliklar, jumladan kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi, abituriyentlar uchun tavsiyalar va imtihon natijalari haqida maʼlumotlar olishi uchun tdpu.uz/kasbiy veb-sahifasi yaratilgan.

Imtihonlar oʻtkazilishidan uch kun oldin abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti, abituriyent imtihon topshiradigan guruh raqami maʼlum qilingan.

Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini ijodiy/tdpu.uz sahifasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, har bir abituriyent normativ hujjatlarda belgilanganidek, tibbiyot niqobi va qoʻlqopi, ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.

Imtihonning birinchi kuni natijalari karantin sharoitida boʻlsa ham abituriyentlar imtihonga tayyorgarlik koʻrgani, oʻz ustida ishlaganidan dalolat bermoqda. Universitetning Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishiga imtihon topshirgan abituriyent Mohira Azizovaning aytishicha, ijodiy imtihon jarayonlari sanitariya epidemiologik talablarga toʻliq rioya qilgan holda tashkil etilib, unda abituriyentlar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Har bir abituriyent oʻzini yoʻnalishidan kelib chiqqan holda oʻzidagi mavjud bilimlarini ishga solib, imtihon topshirmoqda. M.Azizova oʻzi kabi barcha abituriyentlarga omad yor boʻlishiga tiladi.

"Shu fursatdan foydalanib, pedagog boʻlish istagini bildirgan barcha abituriyentlarga mazkur imtihonlarda omad yor boʻlishini tilaymiz" deyiladi universitet axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?