Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va oʻzbek adabiyoti” nomli doimiy ekspozitsiya ish boshladi

18:57 14 Sentyabr 2018 Madaniyat
406 0
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi PQ-3598-sonli “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Abay va oʻzbek adabiyoti” deb nomlangan doimiy ekspozitsiya tashkil qilindi.

Doimiy ekspozitsiya buyuk maʼrifatparvar shoir va mutafakkir, xalqlar doʻstligining otashin kuychisi Abay Qoʻnonboyevning hayoti va ijodi, oʻzbek va qozoq adabiy aloqalari tarixiga oid maʼlumotlarni oʻzida jamlagan.

Ekspozitsiyaning ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda Qozogʻistonning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev, yurtimizdagi Qozoq milliy madaniy markazi raisi Serik Usenov va universitet faxriylari, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilayotgan bugungi kunda bu kabi ekspozitsiyalar har ikki xalqning buyuk farzandlari qoldirgan oʻlmas merosni oʻrganishda katta ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?