Toshkent davlat pedagogika universiteti Voronej davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

18:26 22 Aprel 2019 Jamiyat
317 0

Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan 2019 yilning 18-19 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi” doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga tatbiq etish ishlari davom etmoqda.

Taʼlim forumida erishilgan kelishuvlarni amalga tatbiq etish maqsadida 18 aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universitetiga Voronej davlat universiteti rektori Yendoviskiy D.A. tashrif buyurdi. Tashrif davomida taʼlim sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishni koʻzda tutuvchi oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga koʻra, Toshkent davlat pedagogika universiteti Voronej davlat universiteti bilan kelgusida professor-oʻqituvchilar hamda talabalarni almashish dasturlari, ERASMUS xalqaro loyihasi doirasida hamkorlik, aspirantura dasturlari boʻyicha hamkorlikda taʼlimni tashkil etish kabi yoʻnalishlarda ish olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent davlat pedagogika universiteti Rossiyaning yetakchi taʼlim muassasalaridan Moskva davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Omsk davlat pedagogika universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti bilan taʼlimning turli sohalarida hamkorlik qilib kelmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?