Toshkent davlat pedagogika universiteti Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

13:52 19 Fevral 2019 Jamiyat
465 0

18-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Finlyandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda “Xalq soʻzi ONLINE” saytiga TDPU matbuot xizmati rahbari Dildor Ibragimova xabar berdi. 

Delegatsiya tarkibida sogʻliqni saqlash boʻyicha doktor-filosof, konsultant Yoxanna Xeykkilya, universitetning rivojlanish boʻyicha direktori Leyena Liimatainen, moliya ishlari boʻyicha vakil Pertti Malkki uchrashuvda ishtirok etdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida JAMK universiteti bilan turli sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi. Shuningdek, Finlyandiyaning aniq fanlar universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan ochiq leksiyalar tashkil etish, maktabgacha taʼlim hamda boshlangʻich taʼlim sohalarida tajriba almashish, Yevropa ittifoqining taʼlimni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan Erasmus+ loyihasi doirasida sohada mobillikni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?