“Toshkent-Chimyon” avtomobil yoʻlida avtobus qanday qilib pastlikka tushib ketdi?

17:26 23 Sentyabr 2019 Jamiyat
934 0

Joriy yilning 22-sentyabr kuni soat taxminan 15.30 larda Toshkent shahar, ”EASY GO TRANS” MCHJga tegishli boʻlgan “GOLDEN DRAGON” rusumli, U.A boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01039 NEA boʻlgan avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yoʻlining 81 km.da yoʻlning oʻng chetidagi avtotransportlar turargohida toʻxtagan.

Oʻz navbatida, mazkur avtobus haydovchisiz va yoʻlovchilarsiz boʻlgan va uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida, oʻz-oʻzidan qoʻzgʻalib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yoʻlining oʻng tomonidagi 10 metr pastlikka tushib toʻxtab qolgan.

Avtobus 2016-yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz. Toshkent shahar Transport boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.

Mazkur holat natijasida, hech kim tan jarohati olmagan avtobus texnik shikastlangan boʻlib, qisqa muddatlar ichida uni chiqarish choralari koʻrilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?