“Toshkent - Bishkek” xalqaro avtobus reysi qayta yoʻlga qoʻyildi

10:04 12 Fevral 2019 Jamiyat
339 0

“Toshkent – Bishkek - Toshkent” xalqaro avtobus reysi faoliyati yangi jadval boʻyicha qayta yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Tasdiqlangan jadval boʻyicha avtobuslar Bishkek avtovokzalidan 9:00, 16:50 va 23:30 da joʻnasa, Toshkentdan ilgaridagidek, yaʼni 9:00, 18:00 va 22:00da yoʻlga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyidan Qozogʻiston Qirgʻiziston va Oʻzbekiston vakolatli organlari bilan kelishmagan holatda “Toshkent – Bishkek – Toshkent ”yoʻnalishidagi avtobuslarning tranzit yoʻlini vaqtinchalik toʻxtatib qoʻygan edi. Qozogʻiston tomoni bu holni harakatning yangi jadvalini tasdiqlash jarayonlari bilan izohlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, “Toshkent – Bishkek - Toshkent” yoʻnalishi Qozogʻiston hududi orqali ham oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?