“Toshkent-Amritsar” yoʻnalishida uchgan samolyot ortga qaytarildi

15:58 27 Fevral 2019 Jamiyat
479 0

Bugun “Toshkent-Amritsar” yoʻnalishi boʻyicha havoga koʻtarilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767 Toshkentga qaytishga majbur boʻldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Pokiston va Hindiston ustidan tranzit parvozlarning yopilishi, Pokiston rasmiylari tomonidan gʻarbiy havo yoʻlagida parvozlarni amalga oshirishga qoʻyilgan taqiq sababli samolyot ortga qaytarilgan.

MAK havo layneri Toshkent vaqti bilan soat 12:28 da Toshkent aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻndirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?