Toʻrt yuz oltmish toʻrt sahifada aks etgan yorqin taassurot

00:15 27 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
644 0

Janubiy Koreyada yozuvchi hamda jurnalist Chve Xi Yongning Oʻzbekistonga bagʻishlangan kitobi nashr etildi.

Koreyalik ijodkor ushbu kitobda mamlakatimiz boʻylab amalga oshirgan koʻplab sayohatlari davomida olgan taassurotlarini aks ettirgan. Jumladan, u xorijlik mehmonlarga Oʻzbekistonda yaratilayotgan qulaylik va shart-sharoitlarga atroflicha toʻxtalgan. Ayniqsa, yozuvchi 2018 yilning fevral oyida dunyoning bir qator davlatlari fuqarolari uchun joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi milliy sayyohlik rivojida muhim yangilik boʻlganligini eʼtirof etadi.

Shuningdek, kitobda yurtimizning bir qator tarixiy maskanlari — Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz hamda Termiz kabi shaharlaridagi qadimiy yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar haqida koreyalik oʻquvchilarga qiziqarli maʼlumotlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, Chve Xi Yong Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifidan soʻng mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalar keng koʻlamda rivojlanayotganligi, bu, ayniqsa, koreyalik tadbirkorlarning Oʻzbekistonga qiziqishi tobora ortib borayotganligida namoyon boʻlayotganini taʼkidlaydi.

464 betdan iborat mazkur kitob 10 ming adadda nashr qilingan.

R. Alisherov tayyorladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?