Toʻrt kunda auksionda 2 mlrd. soʻmlikdan ziyod avtoraqamlar sotildi

09:35 12 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
342 0
Illyustrativ foto

5-8 sentyabr kunlari mobaynida onlayn auksion orqali 638 ta avtomobil raqami sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 milliard soʻmdan oshdi.

Bu haqda “OʻzRTXB” AJ matbuot xizmati xabar berdi. Savdolarda bitimlarning qariyb 21 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 55 foizi ikkinchi va 24 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19 foizga teng. Keyingi oʻrinda Fargʻona viloyati avtohavaskorlari 12 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi oʻrin namanganlik avtohavaskorlarga tegishli boʻlib, mazkur viloyatning ulushi 10 foizni tashkil etdi. Boshqa hududlarning ulushi 59 foizga teng boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?