To‘raqo‘rg‘on Usmong‘oziy (Turkiya) tumani bilan birodarlashgan 26-shahar bo‘ldi

20:51 13 Aprel 2018 Jamiyat
663 0
Foto: vodiymedia.uz

Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni oshirish hamda madaniy aloqalarni kuchaytirish maqsadida Turkiyaning Bursa shahridagi Usmong‘oziy tumani bilan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani o‘rtasida birodarlashuv bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolandi, deb yozadi vodiymedia.uz sayti. 

Kelishuvga Usmong‘oziy ma’muriyati raisi Mustafa Dyundar hamda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev imzo chekishdi.

Bursada joriy yil 14 marta tashkil etilgan, G‘oziy Usmonni xotirlash hamda Bursaning fath etilishini qutlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyaga borgan To‘raqo‘rg‘on tumani delegatsiyasi Qozog‘iston, Kosovo, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina, Gretsiya va Shimoliy Kiprdan kelgan vakillar qatori katta hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.

“Ikki qardosh, birodar xalq bugun bu kelishuv imzolanishi bilan birodarlashgan shahar ham bo‘ldi. Bu birodarlikni abadiy davom etishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkonni ishga solamiz” — dedi birodarlashuv kelishuvi imzolash marosimida G‘ulomjon Murodxo‘jayev.

Mustafa Dyundarning ta’kidlashicha, bugungi kelishuvdan keyin Usmong‘oziy bilan birodarlashgan shaharlar soni 26 ta bo‘ldi. Mamlakatlarimiz hamda Usmong‘oziy va To‘raqo‘rg‘on o‘rtasidagi munosabatlar butun dunyoga namuna bo‘ladigan darajada davom etishini tilab qolaman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?